Abort uchun qamalgan ayol 15 yildan so‘ng ozodlikka chiqarildi

Foto: Reuters
Salvadorda abort uchun 30 yilga qamalgan ayol 15 yil o‘tib ozodlikka chiqarildi. Bu haqda BBC News xabar bermoqda.
Mamlakat Oliy sudi 2003 yilda o‘zining hali dunyoga kelmagan farzandini atayin o‘ldirganlikda ayblangan Mayra Veronika Figeroa Marrokin uchun jazo muddatini qisqartirish haqida qaror qabul qildi. Ayolning o‘zi sudda aybini tan olmagan va bolasi tushganini iddao etgan.
Figeoa ozodlikka chiqqach, abort uchun qamalgan boshqa ayollar bilan nimalar yuz berayotganini aniqlash maqsadida yurisprudensiyani o‘rganishni boshlamoqchi ekani haqida ma'lum qildi. «Men hammasini boshidan boshlayman va yo‘qotilgan vaqtimni tiklashga harakat qilaman», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.
Salvador Respublikasida abortlar qonunchilik darajasida taqiqlangan. Homiladorlik uzib qo‘yilgani uchun ayollar uzoq muddatli qamoq jazosiga mahkum qilinishi mumkin.
Mavzuga oid

21:41
Dunyoda qiz homilani abort qilish keskin kamaydi: qanday qilib?

21:59 / 18.06.2025
AQShda bir necha hafta oldin vafot etgan ayolning farzandi tug‘ildi

18:59 / 16.02.2025
Qizlarning kam tug‘ilishi va abortlar masalasi - Kun.uz podkastida

18:15 / 16.12.2022