Xitoyda dengiz-piyoda qo‘shinlarining eng yirik mashqlari boshlandi

Foto: Reuters
Xitoyda xalq ozodlik armiyasining dengiz-piyoda qo‘shinlari korpusi eng yirik mashqlarni boshladi, ularga 10 mingdan ortiq harbiy xizmatchilar jalb etilgan. Bu haqda Global Times xabar bermoqda.
«Xalq ozodlik armiyasi dengiz-piyoda qo‘shinlarining tarixdagi eng yirik mashqlariga turli transport vositalari, jumladan, havo, suv, temir yo‘l va yer usti turlari jalb etildi», - deya yozadi nashr.
Ta'kidlanishicha, harbiy xizmatchilar subtropik tog‘li va jungli sharoitlarida 30dan ortiq vazifalarni bajaradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq xitoylik olimlar zamonaviy qiruvchi samolyotlarning nafaqat og‘irligini kamaytirishga, balki ularning sezilmasligini oshirishga imkon beruvchi yangi material yaratishgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid

19:29 / 01.06.2025
Xitoyda erkak terrakota armiyasidagi ikkita qadimiy haykalga shikast yetkazdi

14:11 / 30.05.2025
Bloomberg: Xitoy Rossiyaga dron yetkazib berishni ko‘paytirdi

22:44 / 29.05.2025
Xitoylik erkak paraplanda tasodifan 8589 metr balandlikkacha ko‘tarildi

19:44 / 29.05.2025