Erdo‘g‘an BMTni keskin tanqid qildi

Foto: AP
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an BMTni dunyo muammolarini hal qila olmaslikda aybladi. U bunday fikrni G‘azo sektoridagi to‘qnashuvlardan keyin BMTning harakatsizligi yuzasidan bildirdi.
Erdo‘g‘anning aytishicha, xalqaro tashkilot zaiflashib ketgan. Uning fikricha, xalqaro hamjamiyat falastinliklar huquq va erkinliklarining poymol qilinishi borasida ikkilik standartini qo‘llamoqda.
“Agar bu hujumlar boshqa bir mintaqada bo‘lganda, butun dunyoning noroziligini keltirib chiqarardi. Biroq afsuski, dunyo hamjamiyati Isroilning falastinliklarga nisbatan harakatlarini e'tiborsiz qoldirdi”, deb aytgan Erdo‘g‘an.
Uning ta'kidlashicha, jahon hamjamiyati Falastinning tinch aholisiga nisbatan Isroil hukumatining harakatlarini to‘xtatish uchun barcha sa'y-harakatlarni amalga oshirishi lozim. “Agar Isroil zulmiga javob berilmasa, dunyo kallakesarlar hukmron bo‘ladigan alg‘ov-dalg‘ovlikka qarab ketadi”, deb qo‘shimcha qilgan Erdo‘g‘an.
Mavzuga oid

21:18
BMT O‘zbekiston tashabbusi bilan 29 aprelni Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuni deb e’lon qildi

20:46 / 29.04.2025
BMT: 2014 yildan beri dunyoda 72 mingdan ortiq migrant halok bo‘ldi

21:43 / 28.04.2025
O‘zbekiston ilk marta BMT Statistika komissiyasi a’zoligiga saylandi

20:33 / 28.04.2025