«O‘zdonmahsulot» rahbari va uning kuyovi poraxo‘rlikda ayblanib qo‘lga olingan
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining «Feysbuk»dagi sahifasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar ikki yirik korruptsion sxemaga chek qo‘ygani haqidagi lavha e'lon qilindi.
Lavhada 2018 yilning 6 oyi mobaynida mansabdor shaxslarga nisbatan 867ta jinoiy ish ochilgani, ularning 56tasi pora olish jinoyati ekanligi qayd etilgan.
Qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlaridan birining figuranti - iqtisodiyotimizning juda muhim sektorini boshqargan Surat Haydarovdir.
Ma'lum qilinishicha, «O‘zdonmahsulot» kompaniyasi rahbari Sur'at Haydarov pora evaziga o‘ziga biriktirilgan kompaniyadagi talon-torojliklarga ko‘z yumgan.
Haydarov kompaniya tizimiga ko‘plab qarindoshlarini ishga olib kirgan va poraxo‘rlik tizimini yaratgan.
Masalan, Haydarov viloyatlardan biriga xizmat safari davomida don mahsulotlari noto‘g‘ri saqlanayotganiga guvoh bo‘lgan. U vaziyatni to‘g‘rilash o‘rniga, taklif etilgan pulni olishni ma'qul ko‘rgan. Bunday jinoyatlarda unga kuyovi Jamshid Sharipov faol yordam berib kelgan
Ayni vaqtda huquq-tartibot organlari xodimlari u olgan poralar miqdorini aniqlashtirishmoqda, Haydarov va Jamshid Sharipov ehtiyot chorasi sifatida hibsga olingan.
Sur'at Haydarov 1969 yili Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Ma'lumoti — oliy, 1994 yili Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Faoliyati davomida Moliya vazirligining Samarqand viloyatidagi nazorat-taftish boshqarmasi boshlig‘i, Respublika Hisob palatasining inspektori, yetakchi inspektori, «O‘zkimyosanoat» AJ boshqaruvi raisining iqtisod va moliya bo‘yicha o‘rinbosari kabi vazifalarda ishlagan. U 2017 yilning 21 fevralida «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruv raisi etib tayinlangan edi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Peskov: Agar nyuanslar hisobga olinsa, Rossiya o‘t ochishni to‘xtatishga rozi
Jahon | 11:19
-
Starmer, Makron, Mers va Tusk Kiyevga yetib keldi
Jahon | 11:17
-
Niderlandiyada Ikkinchi jahon urushi davrida qurbon bo‘lgan o‘zbeklar xotirasiga bag‘ishlangan muzey ochildi
O‘zbekiston | 11:05
-
Fransiya va Polsha ikki davlat o‘rtasida do‘stlik shartnomasini imzoladi
Jahon | 11:04
Mavzuga oid

12:36 / 24.04.2025
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti poraxo‘rlikda ayblanmoqda

10:53 / 22.04.2025
Jomboy tumani FVB boshlig‘i pora bilan ushlandi

16:17 / 11.04.2025
Kadastr agentligi Andijon tumani bo‘limi sobiq boshlig‘i ushlandi

16:39 / 18.03.2025