O‘zbekiston va Fransiya harbiylari hamkorlikda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazmoqda
O‘zbekiston hamda Fransiya qurolli kuchlari mutaxassislari hamkorligida harbiy amaliy trening mashqlari tashkil etilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, tajriba almashuv bilan bog‘liq amaliy mashg‘ulotlarning deyarli barchasi rejaga ko‘ra Jizzax viloyati «Forish» poligoni tog‘li hududlarida o‘tkaziladi. Bunda asosiy e'tibor harbiylarning merganlik mahoratini oshirishga qaratilgan.


Fransiyadan kelgan mutaxassislar “Mergan kundaligi” o‘quv qo‘llanmasiga asosan harbiy xizmatchilar bilan 3 bosqichli tayyorlov mashqlarini olib borishmoqda. Unga ko‘ra dastlab harbiylarning merganlik darajasi aniqlab olinadi. Shundan so‘ng ular guruhlarga bo‘linib, o‘z darajasiga ko‘ra ularga alohida mashg‘ulotlar o‘tiladi.


“Fransiyalik va o‘zbekistonlik ishtirokchilar bunday tajriba almashish har ikki tomonga ham juda foydali bo‘lib, kelgusida ham shu turdagi birgalikdagi mashg‘ulotlarni davom ettirish yaxshi natija berishiga ishonch bildiryapti”, - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

16:46
Jyerar Deparde jinsiy zo‘ravonlik ishi bo‘yicha shartli qamoq jazosiga hukm qilindi

22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi

11:04 / 10.05.2025
Fransiya va Polsha ikki davlat o‘rtasida do‘stlik shartnomasini imzoladi

08:10 / 10.05.2025