So‘rovnoma Poroshenkoga 80 foiz ukrainaliklar ishonmasligini ko‘rsatdi

Foto: gx.net.ua
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoga Ukrainaning 80 foizdan ko‘proq fuqarosi ishonch bildirmasligi aniqlandi. Bundan Sotsiologiya bo‘yicha Kiyev xalqaro instituti o‘tkazgan so‘rovnoma natijalari darak bermoqda, deb xabar berdi “Interfaks-Ukraina” nashri.
Sotsiologlarning aniqlashicha, Poroshenkogo respondentlarning 55,5 foizi butkul ishonmaydi, 26,1 foizi esa ishonqiramaydi, 10,3 foizi ishonadi, 2 foizigina to‘liq ishonadi.
Ukraina bosh vaziri Vladimir Groysmanga ham ishonchsizlik darajasi yuqori bo‘lgan. So‘ralganlardan 52,2 foizi unga butkul ishonmasligini, 30,1 foizi ishonqiramasligini, 10,7 foizi ishonishi va 1,7 foizigina to‘liq ishonishini ma'lum qilgan.
Oliy radaga esa ishonchsizlik darajasi yanada pastroq bo‘lgan. 59,8 foiz respondent parlamentga butkul ishonmasligini, 30,4 foizi ishonqiramasligini, 5,3 foizi ishonishi va 0,6 foizigina to‘liq ishonishini aytgan.
Ukrainaliklar orasida eng katta ishonchga ko‘ngillilar (65,5 foiz), cherkov (56,9 foiz) va qurolli kuchlar (53,1 foiz) egaligi aniqlangan.
So‘rovnoma 23 noyabrdan 3 dekabrgacha o‘tkazilgan. Unda 18 yoshdan katta 2 ming kishi ishtirok etgan.
Mavzuga oid

22:38 / 17.06.2025
O‘zbekiston ukrainalik bolalarga o‘quv qurollari to‘plamini sovg‘a qildi

13:00 / 17.06.2025
Rossiya Kiyevga dron va raketalar bilan vayronkor hujum amalga oshirdi

12:03 / 17.06.2025
Zelenskiy: Vena Rossiyadan bolalarni qaytarishda vositachilik qilishi mumkin

08:58 / 17.06.2025