10 tonna mayizni o‘zlashtirgan shaxs ushlandi - IIV

Illyustrativ foto
2019 yil 30 aprel kuni Samarqand viloyati Urgut tuman Ichki ishlar organlari faoliyatni muvofiqlashtirish boshqarmasiga hujjatlar tushgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ularda shu yil 22 fevral kuni Soyg‘o‘s mahallasida yashovchi O‘.E. tanishi M.M.ning uyida, undan og‘irligi 10 476 kg. bo‘lgan mayiz mahsulotlarini 120 mln. so‘mga hisoblab olib ketganligi va O‘.E. pullarni shu kunga qadar bermasdan yurganligi ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, O‘.E. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

20:00 / 29.04.2025
Samarqandda mayiz yetishtirish va eksport bo‘yicha yirik loyiha boshlanmoqda

16:09 / 28.03.2025
Qarshida soliq inspeksiyasi xodimi pul talab qilib olganida ushlandi

18:37 / 27.03.2025
Shveytsariya elchisi ishga taklif bilan bog‘liq firibgarliklar haqida ogohlantirdi

23:32 / 15.03.2025