Toshkent shahar hokimiga yana bir yangi o‘rinbosar tayinlandi

Foto: Xalqaro press-klub
Toshkent shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari tayinlandi.
Kun.uz’ga Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berishicha, Hotambek Anvarovich Shokirov Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosariga aylangan. U bu lavozimga tayinlanguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
2 may kuni Toshkent shahri hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Sherzod Xadjizadayev lavozimdan ozod etildi. Sherzod Xadjizadayev prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi davomida ishdan olingan. U yosh oilalarga imtiyozli kreditlar ajratish va kreditlarni o‘zlashtirish dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha talab darajasida ishlar olib bormagani uchun ishdan ketgan.
Avvalroq, Toshkent viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Alimardon Qarshiyev Toshkent shahar hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangandi.
Mavzuga oid

09:50 / 09.05.2025
Toshkentda uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

23:21 / 08.05.2025
Toshkentning ayrim ko‘chalarida 9 may kuni transport vositalari harakati cheklanadi

14:56 / 06.05.2025
Toshkentda “zakladka” bilan shug‘ullangan talaba 12 yilga qamaldi

22:14 / 05.05.2025