Namanganda parrandachilik fabrikasi yonib ketdi

Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati
2019 yilning 2 oktabr kuni soat 00:38da Namangan viloyati Kosonsoy tumani Navbahor MFY hududida joylashgan xususiy tadbirkorga tegishli parrandachilik fabrika binosida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida yong‘in-qutqaruv qismiga xabar kelib tushgan.
O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotida aytilishicha, xabar asosida voqea joyiga ikkita yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar chaqirilgan manzilga 10 daqiqada yetib borgan. Yong‘in soat 00:52da o‘rab olinib, soat 01:22da bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida parrandachilik fabrikasining 70 kv. metr maydonda tomi, shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Yong‘indan fabrikaning 250 kv. metr maydoni saqlab qolingan.
Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid

17:05 / 14.06.2025
Dubaydagi 77 qavatli binoda yong‘in: qariyb 4 ming kishi evakuatsiya qilindi

13:46 / 10.06.2025
Amirsoy hududidagi restoran yonib ketdi

10:53 / 10.06.2025
Toshkentda buzilayotgan eski binoda yong‘in sodir bo‘ldi

08:16 / 07.06.2025