Yaman hukumati va ayirmachilar tinchlik kelishuvini imzolashdi

Foto: REUTERS
5 noyabrda Yamanning xalqaro hamjamiyat tomondan tan olingan hukumati va Yaman janubida harakat qiluvchi tashkilotlar, jumladan Janubiy Yaman o‘tish kengashi ayirmachilari Ar-Riyodda qurolli qarama-qarshilikni to‘xtatish haqida tinchlik kelishuvini imzolashdi. Hujjat Saudiya Arabistoni va Abu-Dabi valiahd shahzodalari Muhammad bin Salmon va Muhammad bin Zoid Ol Nahayon hamda Yaman prezidenti Abd Rabbo Mansur Hodiy ishtirokida imzolandi.
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi bu hodisani Yamanda 4 yildan beri davom etayotgan ixtilofning tinchlik bilan hal qilinishi yo‘lidagi muhim qadam deb atagan.
Kelishuv tafsilotlari ma'lum qilinmagan, biroq ba'zi manbalarga ko‘ra, u Yaman hukumatida o‘zgarishlarga chaqiradi.
Saudiya Arabistoni Yamandagi ixtilofda Yaman hukumati tomonini, BAA esa Janubiy Yaman o‘tish kengashini qo‘llab-quvvatlab keladi.
Yaman shimolini nazorat qiluvchi isyonchi husiylar ushbu kelishuvni tanqid qilishdi.
“Ar-Riyodda imzolangan kelishuv yamanliklar uchun hech qanday ahamiyatga ega emas, chunki uni tajovuzkor bilan hamkorlik qiluvchi tomonlar imzolagan. Bu kelishuvni irodasiz va buni Yamandagi urushning tugashi deb hisoblovchi kishilar imzolashga majbur qilingan”, deb aytgan husiylar oliy siyosiy kengashi a'zosi Muhammad Ali al-Husiy.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Urganchga Xitoydan 30 ta avtobus olib kelindi
O‘zbekiston | 14:39
-
Samarqandda Kuvayt biznes markazi ochilishi mumkin
O‘zbekiston | 14:38
-
IIV: Mubashshir Ahmad Turkiyadan deportatsiya qilinib, qamoqqa olindi
O‘zbekiston | 14:22
-
So‘rov: AQShning dunyodagi obro‘si Tramp kelganidan keyin tushib ketdi
Jahon | 14:00
Mavzuga oid

20:17 / 09.05.2025
AQSh Yamandagi hujumlariga 1 mlrd dollardan ortiq mablag‘ sarfladi

18:47 / 07.05.2025
«Harri Trumen» aviatashuvchisi bortidan yana bir qiruvchi samolyot Qizil dengizga tushib ketdi

11:54 / 07.05.2025
Isroil Yamandagi asosiy aeroport va portni yakson etdi

21:56 / 06.05.2025