Koronavirusga chalingan Makronning salomatligi haqida ma'lumot berildi
Emmanuel Makronda 17 dekabrda COVID-19 aniqlangandi.

Foto: AFP
Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning holati barqaror deb baholanmoqda. Bu haqda uni davolayotgan shifokor Jan-Kristof Perroshon ma'lum qildi.
«Unda hali ham COVID-19 kasalligi simptomlari (charchoq, yo‘tal, tanadagi og‘riqlar) kuzatilmoqda. Ammo bu uning o‘z vazifasini bajarishiga xalaqit bermayapti», — dedi shifokor.
Emmanuel Makronda 17 dekabrda COVID-19 aniqlangandi.
Amaldagi sanitar qo‘llanmalarga ko‘ra, davlat rahbari bir hafta davomida o‘zini ihotalaydi. U masofadan turib ishlashda davom etadi.
Mavzuga oid

12:15
Emmanuel Makron: Parij Ukraina armiyasini kuchaytirishda davom etadi

08:30
Makron Rossiyaga o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lmasa, sanksiyalar bilan tahdid qildi

21:30 / 12.05.2025
Yelisey saroyi Makron ishtirokidagi videoga izoh berdi

11:04 / 10.05.2025