Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida kichik quyosh elektr stansiyasi qurilishi boshlandi
Energetika vazirligi tomonidan Koreya energetika agentligining (KEA) beg‘araz mablag‘lari hisobiga “O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari” AJ bazasida kichik quyosh elektr stansiyasining qurish loyihasini amalga oshirish ishlari boshlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: Kun.uz / arxiv
Qayd etilishicha, vazirlik tomonidan O‘zbekiston prezidentining “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4422-son qarorida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
“Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish maqsadida, Koreya energetika agentligi bilan hamkorlikda Yuqori Chirchiq tumanining “Nurli zamin” MFY hududida 40 kVt quvvatga ega kichik fotoelektr stansiyasi qurish loyihasini amalga oshirish boshlandi”, - deyiladi ma'lumotda.
Ta'kidlanishicha, kichik quyosh elektr stansiyalarining qurilishida ijtimoiy sohaga alohida e'tibor qaratiladi. Bu esa mamlakatda energiya tejaydigan texnologiyalar va qayta tiklanadigan energiya manbalarini keng miqyosda joriy etishga hissa qo‘shadi.
Mavzuga oid

12:00
Toshkent viloyatida quriladigan aeroport qanday bo‘ladi?

19:34 / 01.08.2025
Toshkent viloyatida bir qancha gaz «zapravkalari» faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

19:19 / 01.08.2025
Toshkent viloyatida yangi xalqaro aeroport quriladi

20:35 / 28.07.2025