Senator eng yuqori turdagi rak kasalligi Qoraqalpog‘istonda ekanligini aytdi
Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti rektori, senator Oral Ataniyazova eng yuqori turdagi rak kasalligi Qoraqalpog‘istonda ekanligi haqida gapirdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Qoraqalpog‘istonda leykozning darajasi 3 barobar ortib ketgan.
Tibbiyot fanlari doktori sut mahsulotlarining sifatini bilish uchun tahlil o‘tkazgan. Laboratoriya tahlil natijalari faqat oddiy, uyda tayyorlangan sutning sifatini qoniqarli ko‘rsatgan. Tuyamo‘yin suv omboridan keladigan ichimlik suvining ham natijalari yaxshi chiqmagan.
Oral Aminovna yuqoridagi holatlarning sababiga to‘xtalib o‘tdi. Uning aytishicha, ko‘pchilik oziq-ovqat mahsulotlarining sifati talab darajasida emas. Ekologiyaning og‘irligi va keskin sovuq, issiq ob-havo ham immun tizimini ishdan chiqaradi.
«Qoraqalpog‘istondagi homilador ayollarning 90 foizida anemiya kasalligi bor. Sil kasalligi (tuberkulyoz) bo‘yicha ham Qoraqalpog‘iston birinchilardan bo‘lib turibdi», - deydi tibbiyot fanlari doktori, ginekolog Oral Ataniyazova.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Oral Aminovna Qoraqalpog‘istonda onalar o‘limi ko‘payishiga nima sabab bo‘layotgani haqida aytib o‘tgandi.
Mavzuga oid

07:33 / 26.04.2025
Nukusda insult bo‘lib, uyida qamalib qolgan fuqaro qutqarildi

08:14 / 11.04.2025
Qoraqalpog‘istonda Isuzu va DAF yuk mashinalari to‘qnashdi

13:26 / 08.04.2025
Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasi quriladi

20:29 / 06.04.2025