Abdulaziz Komilov Qatar va Italiya tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashdi

16 iyul kuni Toshkentda davom etayotgan xalqaro konferensiya doirasida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qatar tashqi ishlar davlat vaziri Sulton ibn Saad al-Mureyhiy bilan uchrashdi.
Vazirlik rasmiy vakilining xabar berishicha, suhbat davomida umumiy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, Abdulaziz Komilov xalqaro konferensiya doirasida Italiya tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri o‘rinbosari Manlio Di Stefano bilan ham uchrashuv o‘tkazgan.
Muzokaralar davomida O‘zbekiston-Italiya ko‘p qirrali hamkorligining hozirgi holati va istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Mavzuga oid

11:30
Tramp ma’muriyati Qatardan «uchar saroy» oladi

10:14 / 02.05.2025
Namanganda O‘zbekiston-Qatar kasbiy mahorat markazi ochiladi

11:53 / 14.04.2025
Abdulaziz Komilov Italiya ordeni bilan taqdirlandi

17:07 / 08.04.2025