Afg‘onistondan O‘zbekistonga qator davlatlar fuqarolari evakuatsiya qilinmoqda
Germaniya Mudofaa vazirligining Airbus A400M samolyoti nemis va afg‘on fuqarolarini, shuningdek, YeIning qator davlatlari fuqarolarini Kobul aeroportidan evakuatsiya qildi. Bu haqda Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi.

«Kecha Bundesverning yana bir A400M rusumli uchog‘i ko‘plab insonlarni Kobuldan evakuatsiya qildi. Bugunga qadar 260dan ziyod insonlarning xavfsizligi ta'minlandi. O‘zbekiston orqali ular Germaniyaga uchadilar», deyiladi xabarda.
Ma'lum qilinishicha, Toshkent va Kobul o‘rtasidagi havo ko‘prigi Kobulda xavfsizlik holati bunga imkon berguniga qadar, evakuatsiyaning jadal davom etishini ta'minlaydi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 avgust kuni Germaniya Federativ Respublikasi prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat davomida Afg‘onistondan Germaniya fuqarolarini evakuatsiya qilish masalalari bo‘yicha hamkorlik ham davom ettirilishi qayd etilgan.
Mavzuga oid

17:01 / 02.05.2025
Germaniyada «Germaniya uchun alternativa» partiyasi ekstremistik deb topildi

21:01 / 01.05.2025
Germaniya shimolidagi portda portlash sodir bo‘ldi

14:57 / 01.05.2025
Germaniya avtomobil ishlab chiqaruvchilari Trampning tariflari tufayli yo‘qotishlarga duch kelmoqda

13:52 / 01.05.2025