Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda vazir o‘rinbosari tuman hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi

Bugun Shukurullo Ataniyazov To‘rtko‘l tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ish boshladi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati xabar berdi.
U tayinlovga qadar joriy yilning mart oyidan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Ma'lumot uchun, Shukurullo Ataniyazov bilan birga 2021 yilning mart oyida Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi vaziriga Qallibek Bekbergenov va Arislanbek Alliyarovlar ham o‘rinbosar qilib tayinlangandi.
Shuningdek, Shukurullo Ataniyazovgacha To‘rtko‘l tumani hokimining o‘rinbosari – Qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i lavozimida Valijan Niyazimbetov faoliyat olib borayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, Qoraqalpog‘istonda bundan oldingi tayinlov Turizm va sport bosh boshqarmasida amalga oshirildi. Bayram Kukeyev boshqarmasi boshlig‘iga o‘rinbosar etib tayinlangandi.
Mavzuga oid

00:58
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbari o‘zgardi

14:54 / 01.08.2025
Bosh prokuror o‘rinbosari Qoraqalpog‘istonga prokuror bo‘ldi

19:23 / 31.07.2025
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga yangi rahbar tayinlandi

21:13 / 30.07.2025