Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda talaba is gazidan zaharlanib vafot etdi
24 noyabr kuni Nukus shahri 22-kichik tumandagi ko‘p qavatli uylardan birida is gazidan zaharlanish holati aniqlangan. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, hodisa sodir bo‘lgan vaqtda uyda 7 kishi bo‘lgan. Ulardan 6 nafari ijarada turuvchi talaba bo‘lib, bittasi mehmon bo‘lgan. 2003 yil To‘rtko‘l tumanida tug‘ilgan, shu yerda ijarada turuvchi Nukus davlat pedagogika institutining 2-kurs talabasi mehmon kelgani tufayli oshxonaga o‘tib yotgan va shu sababdan is gazidan zaharlanib vafot etgan.
Qolgan shaxslarning holati haqida hozircha rasmiy ma'lumot berilmadi.
Kun.uz muxbiri holatga oydinlik kiritish maqsadida Nukus davlat pedagogika instituti bilan bog‘landi. NDPI matbuot kotibi voqea yuz bergan jarayonda institut talabasi halok bo‘lganini tasdiqladi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, hozirda holat tegishli mutaxassislar tomonidan o‘rganib chiqilmoqda.
Biroz oldin Nukusda bir oilaning is gazidan zaharlanib vafot etish sabablari ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid

14:36
Qoraqalpog‘istonda bir oilaning uch a’zosi cho‘kib ketdi

18:08 / 16.07.2025
Qoraqalpog‘istonning yana ikkita tumanida jazirama tufayli bog‘chalar yopildi

12:18 / 04.07.2025
Zargarlik buyumlarini noqonuniy tarzda olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

15:45 / 03.07.2025