Qozog‘istondagi tartibsizliklar oqibatida yetkazilgan zarar miqdori hisoblandi
Mamlakat milliy tadbirkorlar palatasining ma’lumotiga ko‘ra, respublika bo‘yicha 300ga yaqin savdo va transport sub’yektlari zarar ko‘rgan.

Foto: RIA Novosti
Qozog‘istondagi ommaviy tartibsizliklar natijasida yetkazilgan zarar miqdori 92 million dollarni tashkil etdi, deb xabar bermoqda Lenta.
Qozog‘iston milliy tadbirkorlar palatasining ma’lumotiga ko‘ra, respublika bo‘yicha 300ga yaqin savdo va transport sub’yektlari zarar ko‘rgan.
Eslatib o‘tamiz, 2 yanvar kuni boshlangan namoyishlar 4 yanvarda avj olib, butun mamlakatga tarqaldi.
5 yanvar kuni Qozog‘iston hududida favqulodda holat e’lon qilindi.
Mamlakat SSV ma’lumotiga ko‘ra, ommaviy tartibsizliklar vaqtida mingdan ortiq kishi jarohatlangan, shundan 400ga yaqin kishi shifoxonaga yotqizilgan.
Mavzuga oid

20:24
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

16:25 / 14.06.2025
Qozog‘istonda ham ilk AESni “Rosatom” quradigan bo‘ldi

12:41 / 13.06.2025
Starmer Shimoliy Irlandiyadagi ruminlarga qarshi tartibsizliklarni qoraladi

16:54 / 12.06.2025