WSJ: G‘arb kompaniyalari qurol ishlab chiqarishni ko‘paytirmoqda
G‘arbning yirik qurolsozlik kompaniyalari Ukrainadagi urush fonida ortib borayotgan talabni qondirish uchun raketa-tashuvchilar, tanklar va o‘q-dorilar ishlab chiqarishni ko‘paytirmoqda.

Foto: Getty Images
The Wall Street Journal xabariga ko‘ra, Amerikaning Raytheon Technologies kompaniyasi Stinger zenit-raketa komplekslari ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun nafaqaga chiqqan xodimlarni ishga qaytargan. AQSh Qurolli kuchlari bunday tizimlarga 2008 yildan beri buyurtma bermagan edi.
Amerikaning Lockheed Martin konserni Javelin tankka qarshi tizimlarini ishlab chiqarishni ikki baravar oshirgan va HIMARS raketa tizimlarini ishlab chiqarishni 60 foizga oshirishni rejalashtirmoqda.
Dronlar, kuzatuv tizimlari va maxsus jihozlar ishlab chiqaruvchi L3Harris kompaniyasi Pentagondan Ukraina uchun 200 million dollarlik buyurtma olgan.
Germaniyaning Rheinmetall mudofaa konserni ijrochi direktori Armin Papperger so‘zlariga ko‘ra, kelgusi yilda ular bir qator yirik buyurtmalarni olishni kutmoqda. Ularni bajarish uchun kompaniya Ispaniyaning portlovchi moddalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Expal Systems S.A firmasini 1,2 mlrd yevroga sotib olgan.
Qurolsozlar hukumatlardan o‘z xavfsizligini ta’minlash va ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun yangi shartnomalarni tuzishni so‘ramoqda.
Mavzuga oid

00:30
Tramp oilasi 499 dollarlik «Oltin smartfon»ni sotuvga chiqaradi

00:11
“Eron urushni qabul qildi, endi ortga yo‘l yo‘q” – siyosatshunos

22:20 / 16.06.2025
Tramp Rossiyaning G8 tashkilotidan chetlatilishini xato deb atadi

19:40 / 16.06.2025