Qozog‘iston poytaxtida mobil aloqa va internet vaqtincha uzilib qoldi
Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida internet va mobil aloqada uzilishlar kuzatildi.

Foto: RIA Novosti
Mahalliy vaqt bilan taxminan soat 19.00 dan boshlab, shaharda statsionar va mobil internet ishlamay qolgan, ayrim operatorlarning uyali aloqasida uzilishlar kuzatilgan. Nosozlik taxminan 1 soat davom etgan.
Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (MXQ) Davlat texnika xizmati nosozlik sabablarini ma’lum qildi.
«Ostona shahri va Oqmo‘la viloyatidagi internet shlyuzlari elektr ta’minoti uskunasida sodir bo‘lgan avariya tufayli telekommunikatsiya qurilmalarida nosozliklar qayd etildi. Zaxira quvvat manbalariga o‘tish bo‘yicha ishlar olib borildi. Elektr ta’minotidagi uzilish tizim ishiga ta’sir qilmadi. Biroq, Ostona va Oqmo‘la viloyatida internet ishida nosozliklar kuzatildi», — deyiladi xabarda.
Davlat texnika xizmati hozirda tizimdagi nosozlik bartaraf etilgani va aloqa odatdagidek ishlayotganini ta’kidladi.
Mavzuga oid

23:24 / 17.06.2025
To‘qayev Mirziyoyevni O‘zbekiston 2026 yilgi jahon chempionatiga chiqqani bilan tabrikladi

20:36 / 17.06.2025
Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy o‘rtasida Abadiy yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi

18:53 / 17.06.2025
Qozog‘iston prezidenti Xitoyga 1,5 ming bosh sayg‘oq sovg‘a qildi

09:37 / 17.06.2025