Deputatlar referendum o‘tkazish haqida qaror qabul qilishi kutilyapti
Deputatlar bugun Konstitutsiyaviy qonun loyihasini ko‘rib chiqadi. Yalpi majlis jonli efirda namoyish qilinadi.

Foto: Kun.uz
9 mart kuni Qonunchilik palatasining yalpi majlisida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi ko‘rib chiqiladi. Bu haqda Konstitutsiyaviy komissiya matbuot kotibi Odiljon Tojiyev xabar berdi.
Xabarga ko‘ra yalpi majlisda deputatlarning pozitsiya va xulosalari tinglanadi.
Ta’kidlanishicha, majlisda «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqida» qaror qabul qilinishi kutilmoqda.
Tadbir «O‘zbekiston 24», «O‘zbekiston» teleradiokanallari, «UzReport» telekanali, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining rasmiy veb-sayti, YouTubeʼdagi sahifasi orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Ma’lumot uchun, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan amaldagi Konstitutsiyaga 27 ta yangi modda kiritilmoqda, moddalar soni 128 tadan 155 taga oshmoqda, Konstitutsiyaning amaldagi 275 ta normasi 434 taga ko‘paymoqda, ya’ni amaldagi Konstitutsiya 65 foizga yangilanmoqda.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti: 2022–2025 yillardagi taraqqiyot bosqichlari va yutuqlar sari dadil qadamlar
O‘zbekiston | 10:48
-
Navoiyda 55 yoshli ayol hujjatlarda erkak sifatida qayd etib kelingani aniqlandi
O‘zbekiston | 11:43
-
Davlat tibbiyot muassasalarining pulli xizmatlari arzonlashadi
O‘zbekiston | 11:25
-
Kreml Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish talabiga javob qaytardi
Jahon | 11:10
Mavzuga oid

10:51 / 24.03.2025
Parijdagi referendum natijasi: yana 500 ta ko‘cha piyodalarga ajratiladi

11:18 / 23.03.2025
«Chunki puli tugaydi» - Alisher Qodirov saylovdan keyin partiyalar jim bo‘lib qolishi haqida

15:25 / 13.01.2025
Faol deputatlar milliy kadrlar zaxirasiga kiritiladi

17:50 / 19.12.2024