Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
London: Rossiya hujum qilish uchun desantchilarni qurollantiryapti

Foto: RIA Novosti
Britaniya harbiy razvedkasi Rossiya havo-desant qo‘shinlarining («VDV») Ukrainadagi hujum operatsiyalaridagi roli ortib borayotgani haqida yozdi.
Britaniya Mudofaa vazirligi tomonidan Twitter’da e’lon qilingan kundalik hisobotda Rossiya OAVning 3 apreldagi TOS-1A «Solnsepek» og‘ir o‘tsochar (ognemyot) tizimlari havo-desant kuchlariga topshirilgani haqidagi xabarlariga tayanib berilgan.
Termobarik snaryadlar bilan o‘qqa tutadigan ushbu tizimlar odatda Rossiyaning ixtisoslashtirilgan radiatsiya, kimyoviy va biologik mudofaa kuchlari tomonidan qo‘llaniladi va ilgari havo-desant kuchlarida foydalanishda bo‘lmagan.
Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, TOS-1A’ning topshirilishi, ehtimol, Ukrainadagi hujum operatsiyalarida desantchilarning kelajakdagi rolini ko‘rsatadi.
«Bu urushning dastlabki to‘qqiz oyida katta yo‘qotishlarga uchragan havo-desant kuchlarini tiklash bo‘yicha qilingan sa’y-harakatlarning bir qismidir», deyiladi hisobotda.
Mavzuga oid

15:26
Rubio: Rossiya Ukrainadagi sulhni hududiy mavzu bilan bog‘layapti

14:39
Tramp Moskva savdo hamkorlariga ikkilamchi sanksiyalar kiritishini istisno etmadi

13:43
"Efiopiya aviayo‘nalishlari" o‘z samolyotlarini Rossiyaga ijaraga bermaydi

07:58