O‘zbekiston va BMT Global aksilterror strategiyasi doirasida qo‘shma loyihalarni amalga oshiradi
BMT Aksilterror boshqarmasi va O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti o‘rtasida memorandum imzolandi. Memorandum asosiy tamoyillar va hamkorlik yo‘nalishlari, jumladan nashrlar va tadqiqot ma’lumotlari almashinuvi, BMTning Global aksilterror strategiyasi doirasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalarni hal etishni aks ettiradi.

Shu yilning 5 dekabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) bilan BMTning Aksilterror boshqarmasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Hujjatni BMT bosh kotibi o‘rinbosari, BMT Aksilterror boshqarmasi rahbari Vladimir Voronkov hamda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov imzoladi.
V.Voronkov hujjatlarni imzolash marosimidagi nutqida BMT tuzilmalari bilan har tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor uchun O‘zbekiston prezidentiga minnatdorlik bildirdi.
Shuningdek, u O‘zbekiston hukumatiga BMTning Aksilterror boshqarmasi faoliyatiga moliyaviy hissa qo‘shayotgani uchun minnatdorlik izhor etdi.
Memorandum asosiy tamoyillar va hamkorlik yo‘nalishlari, jumladan nashrlar va tadqiqot ma’lumotlari almashinuvi, BMTning Global aksilterror strategiyasi doirasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalarni hal etishni aks ettiradi.
Mavzuga oid

07:55 / 06.05.2025
BMT dunyo yetakchilarini G‘azo aholisini oziq-ovqat bilan ta’minlashga chaqirdi

13:10 / 05.05.2025
Samarqand BMTning Davlat xizmatlari forumini qabul qiladi

21:18 / 30.04.2025
BMT O‘zbekiston tashabbusi bilan 29 aprelni Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuni deb e’lon qildi

20:46 / 29.04.2025