Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda bolaga tan jarohati yetkazgan tarbiyachiga jinoyat ishi ochildi
U 2 yoshli bolani qo‘pol tarzda ko‘targani oqibatida o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati yetkazgan.
Toshkent shahri, Yakkasaroy tumanidagi «Kids dream baby house» maktabgacha ta’lim muassasasida enaga yordamchisi bo‘lib ishlaydigan ayolga jinoyat ishi ochildi. U 2 yoshli bolaga qo‘pol harakat qilgani oqibatida tan jarohati yetkazgan. Bu haqda bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova xabar berdi.
Qayd qilinishicha, hodisa 17 noyabr kuni yuz bergan. Enaga yordamchisi K.G‘. karavotda o‘tirgan bolaning qo‘lidan tortib, qo‘pol tarzda ko‘targan. 18 dekabr kuni berilgan tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, bolaning qo‘li chiqib ketgan va o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati olgan.
Ombudsman xabariga ko‘ra, enaga yordamchisiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 116-moddasi 1-qismi (Shaxsning o‘z kasbiga nisbatan beparvoligi yoki insofsizlik bilan munosabatda bo‘lishi tufayli kasb yuzasidan o‘z vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi oqibatida badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozir dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid

18:23 / 31.07.2025
Toshkentdagi plyajda dam oluvchilardan biri cho‘kib ketdi

14:28 / 31.07.2025
Toshkentdan Samarqand va Andijonga pulli yo‘llar qurilishi 2026 yilda boshlanishi mumkin

13:04 / 31.07.2025
Bolasiga zo‘ravonlik qilganlardan farzandi olib qo‘yilishi mumkin

22:20 / 30.07.2025