Andijonda gazballoni omborida yong‘in chiqdi
Bir kishi jarohatlangan.
Andijon viloyati Bo‘ston tumanidagi gazballoni omborida yong‘in chiqdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Bo‘ston tumani gaz ta’minoti bo‘limi tasarrufidagi suyultirilgan gazballonlari saqlanuvchi omborda yong‘in sodir bo‘lgan. Hodisaga gazballonlaridan biridagi chaqnash sabab bo‘lgan. Olov favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan to‘liq o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida bir kishi yengil tan jarohati olgan. Qurbonlar yo‘q.
Mavzuga oid

17:05 / 14.06.2025
Dubaydagi 77 qavatli binoda yong‘in: qariyb 4 ming kishi evakuatsiya qilindi

13:46 / 10.06.2025
Amirsoy hududidagi restoran yonib ketdi

10:53 / 10.06.2025
Toshkentda buzilayotgan eski binoda yong‘in sodir bo‘ldi

08:16 / 07.06.2025