Toshkentda qurilish mollari konteyneri yonib ketdi
Bektemir tumanida qurilish materiallari solingan konteynerda yong‘in chiqdi.

Foto: Videodan kadr
Toshkent shahar Bektemir tumanida konteyner ichidagi qurilish mollari yonib ketdi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.
17 yanvar kuni soat 17:16 da Bektemir tumani, Porloq ko‘chasida joylashgan konteyner ichidagi qurilish mollari yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan. Yong‘inga 4 ta yong‘in qutqaruv ekipajlari soat 17:27 da yetib borib, soat 17:44 da yong‘in o‘rab olinib, 17:54 da batamom o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q, yong‘in kelib chiqish sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid

17:05 / 14.06.2025
Dubaydagi 77 qavatli binoda yong‘in: qariyb 4 ming kishi evakuatsiya qilindi

13:46 / 10.06.2025
Amirsoy hududidagi restoran yonib ketdi

10:53 / 10.06.2025
Toshkentda buzilayotgan eski binoda yong‘in sodir bo‘ldi

08:16 / 07.06.2025