Andijon-Asaka yo‘lida Onix urib yuborgan Labo ag‘darilib ketdi
YTH oqibatida Labo va Onix texnik shikastlangan, Labo’ning yo‘lovchisi shahar shifoxonasiga murojaat qilgan.

Foto: Videodan kadr
Andijon viloyatida haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan holda mashina boshqargan yigit YTH sodir etdi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.
Holat 27 may kuni soat 15:20 larda Andijon tumani “Chem” mahallasi Andijon-Asaka yo‘nalishida sodir bo‘lgan.
2006 yilda tug‘ilgan M.M. o‘zining Onix mashinasini tegishli hujjatlarsiz (haydovchilik guvohnomasiga ega emas) boshqarib borishi davomida tezlik me’yoriga hamda oraliq masofa saqlash qoidalariga rioya qilmagan.
Oqibatda rul boshqaruvini yo‘qotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan Labo’ning orqa qismiga borib urilishi ortidan yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Mazkur YTH oqibatida Labo va Onix texnik shikastlangan, Labo’ning yo‘lovchisi shahar shifoxonasiga murojaat qilgan.
Mavzuga oid

21:57 / 26.04.2025
2024 yilning eng ochiq va eng yopiq davlat tashkilotlari ma’lum qilindi

11:58 / 25.04.2025
“Efirda uzilish va qotish bo‘lgan” – Samarqand va Andijondagi attestatsiya jarayonlari yuzasidan munosabat bildirildi

17:40 / 24.04.2025
Andijonda zilzila yuz berdi

09:04 / 18.04.2025