Taxtiqoracha dovonida Cobalt’ni tosh bosib qoldi. Qurbonlar bor
Dovonda avtomobillar harakati vaqtincha to‘xtatilgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
6 noyabr kuni Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidan o‘tgan dovon yo‘lida Cobalt rusumli avtomobilni yirik hajmdagi tosh bosib qoldi.
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabariga ko‘ra, yo‘lda harakat vaqtincha to‘xtatilgan.
«Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidan o‘tgan Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi M-39 avtomobil yo‘lining 1138-kilometrida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa sababli Taxtiqoracha dovonida transportlar harakati vaqtincha to‘xtatildi», deyilgan xabarda.
Mashina Kitob tumanidan Samarqand shahri tomon harakatlanayotgan bo‘lgan.
Dovon qayta ochilishi haqida qo‘shimcha ma’lumot berilishi aytilgan.
Kun.uz manbalariga ko‘ra, fojia oqibatida 3 kishi vafot etgan. Qurbonlar soni ko‘proq bo‘lishi ham mumkin.
Ayni vaqtda FVV kuchlari toshni surish ishlari bilan shug‘ullanmoqda.
Mavzuga oid

18:12
«Bolalar o‘limi eng og‘riqli joyimiz» - YHXX boshlig‘i bolalar qatnashgan YTHlar va statistika haqida

17:10
Bekobodda mikroavtobus poyezd bilan to‘qnashdi

18:44 / 14.06.2025
Sirdaryoda ikki bolani urib yuborgan haydovchi 8,5 yilga qamaldi

12:04 / 14.06.2025