Putin Butunjahon do‘stlik o‘yinlarini noma’lum muddatga qoldirdi
Do‘stlik o‘yinlari Rossiya tomonidan Olimpiya o‘yinlarining analogi sifatida rejalashtirilgan va sentabr oyida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Yozda uning o‘tkazilishi 2025 yilga ko‘chirildi va endi Putin sabablarni ko‘rsatmasdan turib, uni «keyingi topshiriqqacha» qoldirdi.

Foto: Dmitry Serebryakov/AP/dpa/picture alliance
Moskva Olimpiya o‘yinlarining analogi sifatida rejalashtirgan Butunjahon do‘stlik o‘yinlari noma’lum muddatga qoldirildi. Bu haqdagi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning farmoni 2 dekabr, dushanba kuni huquqiy axborot portalida e’lon qilindi.
Hujjatga ko‘ra, dastlab 2024 yilning 15-29 sentabr kunlari Moskva va Yekaterinburg shaharlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan, keyin esa 2025 yilga ko‘chirilgan Do‘stlik o‘yinlari «maxsus topshiriqqa» qadar qoldirildi. Qaror «sportchilar va sport tashkilotlarining xalqaro sport tadbirlariga erkin kirish huquqini himoya qilish» bilan izohlanadi. Putinning farmonida aniqroq sabablar haqida hech narsa aytilmagan.
Rossiya hukumati Ukrainadagi urush tufayli rossiyalik sportchilarning xalqaro musobaqalarda ishtirok etmasligiga javoban Olimpiada o‘tkaziladigan yillarda Do‘stlik o‘yinlarini tashkil etish qarorini e’lon qildi. Putinning tegishli farmoni 2023 yil oktyabr oyida imzolangan.
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) bu tashabbusni tanqid qilib, bu Moskvaning «sportni siyosiylashtirish»ga qaratilgan urinishi ekanini bildirdi. XOQ sportchilarni Do‘stlik o‘yinlarida qatnashishdan bosh tortishga chaqirdi.
Mavzuga oid

23:48 / 20.05.2025
Putin va Tramp muloqoti: bu gal ham hech qanday natija bo‘lmadi

20:09 / 20.05.2025
«Putin uchun yengil g‘alaba». Trampning Rossiya prezidenti bilan muloqotiga jahon matbuoti qanday munosabat bildirdi?

17:07 / 20.05.2025
Putin Trampga 9 may kuni Kreml yaqinida teraktlarning oldi olingani haqida gapirdi

10:46 / 20.05.2025