Jamiyat | 14:22
10560
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda yuz bergan YTHda mototsikl haydovchisi vafot etdi

Yunusobod tumanida Hyundai Elantra urib yuborgan Kavasaki mototsikli haydovchisi voqea joyida halok bo‘ldi. Tarmoqlarda tarqalgan videolarda avtomobil haydovchisi belgilanmagan yo‘ldan qayrilgani aytiladi. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochildi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Joriy yilning 29 aprel kuni soat 09:40 larda Yunusobod tumani KHAY ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, 1991 yilda tug‘ilgan haydovchi M.A. boshqaruvidagi Hyundai rusumli transport vositasi va 1986 yilda tug‘ilgan Z.Sh. boshqaruvidagi Kavasaki rusumli mototransport vositasi to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Tarqalgan videolarda mototsikl o‘z yo‘lida kelayotgani, avtomobil haydovchisi esa belgilanmagan yo‘ldan qayrilgani aytiladi.

YTH natijasida Kavasaki rusumli mototransport vositasining haydovchisi voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid