Sport | 03:25
9187
1 daqiqa o‘qiladi

YeChL. Dembelening goli "PSJ"ga "Arsenal" ustidan g‘alaba keltirdi

Foto: Getty Images

Yevropa Chempionlar ligasi yarimfinal o‘yinlari boshlandi.

Birinchi juftlik bahsida "Arsenal" o‘z maydonida "PSJ"ni qabul qilib, kichik hisobida mag‘lubiyatga uchradi. O‘yinning 4-daqiqasida kiritilgan gol uchrashuv oxiriga qadar saqlanib qoldi. 

Jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yini Parijda 7-maydan 8-mayga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi. 

Chempionlar ligasi. Yarimfinal, ilk uchrashuv. 

Arsenal – Pari Sen-Jyermen 0:1
Gol:
Dembele 4
Arsenal: Raya – Timber (Uayt 83), Saliba, Kiver, Lyuis-Skelli – Edegor (Nvaneri 90), Rays, Merino – Saka, Trossar, Martinelli
PSJ: Donnarumma – Hakimi, Markinos, Pacho, Mendesh – Vitinya – J. Neves (Zair-Emeri 89), Ruis – Due (G. Ramos 76), Dembele (Barkola 70), Kvaratsxeliya
Ogohlantirishlar: Trossar 10, Saka 43 – Hakimi 44, J. Neves 46

Mavzuga oid