Samarqanddagi o‘rmonda 50 mingdan ortiq buta va daraxtlar yonib ketdi
Yong‘in oqibatida 7,4 gektar yer maydonidagi 116 tup jiyda, besh tup tol hamda 49 580 tup yulg‘un butalari shikastlangan. Tabiatga yetkazilgan zarar qariyb 1,9 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Foto: Ekologiya vazirligi
Samarqand viloyatidagi Kattaqo‘rg‘on davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida bo‘lgan 50 mingdan ortiq buta va daraxtlar yong‘in oqibatida shikastlandi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasiga Kattaqo‘rg‘on davlat o‘rmon xo‘jaligi o‘rmon fondi hududining ma’lum qismi yoqib yuborilganligi haqida murojaat kelib tushgan.

Holat viloyat ekologiya boshqarmasi, tuman hokimligi, prokuratura va mas’ullar ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganilgan. Natijada, o‘rmon xo‘jaligi hududining 10,5 gektar maydonida yong‘in bo‘lgani hamda 7,4 gektar yer maydoni yong‘indan zararlangani aniqlangan.
Ushbu qonunbuzarlik natijasida «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning 20-21-moddalari (atmosfera havosidan foydalanish shartlari, jonli tabiat obektlaridan foydalanish shartlari), «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunning 37-moddasi (daraxtlar va butalarni kesish) hamda «O‘rmon tog‘risida»gi qonunning 57-moddasi (o‘rmon to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik) talablari buzilgan.

O‘rganish davomida yong‘in sodir bo‘lgan 10,5 gektar yer maydonidagi manzarali daraxtlar xatlovdan o‘tkazilgan. Natijada, 7,4 gektar yer maydonidagi 116 tup jiyda, 5 tup tol hamda 49 580 tup yulg‘un butalari shikastlangani aniqlangan. Tabiatga jami 1 milliard 884 million 675 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.
Hujjatlar holatga qonuniy baho berish uchun prokuratura organlariga taqdim etilgan.
Mavzuga oid

07:39
Toshkentdagi texnopark hududida yong‘in kelib chiqdi

18:16 / 30.04.2025
Hindistondagi mehmonxonada yong‘in yuz berdi. Qurbonlar bor

19:04 / 29.04.2025
Xitoydagi restoranda yuz bergan yong‘in oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi

20:33 / 28.04.2025