Vens Rossiya va Ukrainani to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishga chaqirdi
Moskva va Kiyev o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalar o‘t ochishni to‘xtatish yo‘lidagi «keyingi katta qadam» bo‘ladi, dedi AQSh vitse-prezidenti. Ularsiz Vashingtonning muvaffaqiyatli vositachilik qilishi «deyarli imkonsiz».

Foto: Kevin Lamarque / Reuters
AQSh vitse-prezidenti Jyeyms Devid Vens Rossiya va Ukrainani urushni tugatish uchun bevosita muzokaralar olib borishga chaqirdi. «Ruslar va ukrainaliklar o‘zaro gaplasha boshlashlari juda muhim», dedi u 7 may, chorshanba kuni Vashingtonda Myunxen xavfsizlik konferensiyasi tashkilotchilari mezbonlik qilgan muhokamada.
Vens bu o‘t ochishni to‘xtatish yo‘lidagi «keyingi katta qadam» bo‘lishini aytdi. Hech bo‘lmaganda Rossiya va Ukraina o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa bo‘lmasa, AQShning muvaffaqiyatli vositachilik qilishi «deyarli imkonsiz». Hozirda Moskva va Kiyev o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar juda katta, shuning uchun ularni muzokaralar orqali yumshatishga harakat qilish mumkin. Vens Rossiya tomoni mojaroni hal qilishdan manfaatdor emasligiga ishonmasligini aytdi.
Shu bilan birga, AQSh vitse-prezidenti Rossiyada urushni tugatish uchun haddan tashqari qattiq shartlar mavjudligini tan oldi. «Ruslar hozirda bir qancha talablar qo‘ymoqda. Bizningcha, ular juda ko‘p talab qilmoqda», — deydi u.
Myunxen konferensiyasining sobiq raisi Volfgang Ishinger bilan bo‘lib o‘tgan muhokama chog‘ida Vens AQSh prezidenti Donald Trampning Ukraina masalasi bo‘yicha harakatlarini himoya qildi. Tramp Ukrainadagi urushni «to‘liq tanqid qildi», lekin u «strategik realist» va AQSh Rossiyaning pozitsiyasini tushunishga harakat qilmoqda. Bu Rossiyaning urushni oqlashiga rozi bo‘lishni anglatmaydi, dedi Vens. Tramp «insonparvarlik ruhi»ga ergashmoqda va qotilliklarga barham bermoqchi.
Mavzuga oid

18:47 / 08.05.2025
FXX: Rossiyaga kelayotgan Shimoliy Koreya fuqarolari soni keskin kamaydi

17:20 / 08.05.2025
Ukraina parlamenti AQSh bilan mineral resurslar bo‘yicha kelishuvni ratifikatsiya qildi

15:30 / 08.05.2025
WP: Oq uy Ukrainadan AQShdan noqonuniy muhojirlarni qabul qilishni so‘ragan

14:55 / 08.05.2025