Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Kursk oblastidagi Rilskka zarba berdi
Ukraina qurolli kuchlari Kursk viloyatidagi Rilsk shahriga raketa hujumi uyushtirdi, natijada uch kishi yaralandi, dedi Aleksandr Xinshteyn.

Foto: Yevgeny Martynov/Tass/IMAGO
Ukraina Qurolli kuchlari Rossiya Federatsiyasining Kursk viloyatidagi Rilsk shahriga raketa zarbasi berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uch kishi jarohatlangan. Bu haqda viloyat gubernatori vazifasini bajaruvchi Aleksandr Xinshteyn 11 may, yakshanba kuni Telegramʼda ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yaradorlar mahalliy shifoxonaga yetkazilgan: ikki erkak boshi va qo‘llaridan qattiq jarohat olgan. Bu bemorlarning ahvoli og‘ir, deya qo‘shimcha qildi Xinshteyn. Uning so‘zlariga ko‘ra, yana bir ayol bilak va son qismidan jarohatlar olgan - uning hayoti xavf ostida emas. Yaqin kunlarda yaradorlar Kursk viloyati kasalxonasiga yotqiziladi.
Shaharga kiraverishdagi mehmonxona jiddiy shikastlangan: birinchi qavatda avtoyuvish shoxobchasi, ikkinchi qavatda mehmonxona xonalari joylashgan.
Shuningdek, ikkita avtomobil va ikkita shaxsiy uy zarar ko‘rgan. Gubernator vazifasini bajaruvchining qo‘shimcha qilishicha, uchta mashinaga ham jiddiy zarar yetgan.
Mavzuga oid

18:33 / 28.07.2025
Tramp yangi dedlayn belgiladi – endi Putin o‘t ochishni 10-12 kun ichida to‘xtatishi kerak

18:20 / 28.07.2025
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos

15:12 / 28.07.2025
YeK: Kiyev korrupsiyaga qarshi organlar mustaqilligini saqlashi kerak

11:08 / 28.07.2025