Sport | 23:01 / 17.05.2025
12224
2 daqiqa o‘qiladi

«Siti» Angliya Kubogi finalida yutqazdi, Husanov kumush medal taqdi

Klub o‘zining 119 yillik tarixidagi birinchi yirik sovringa ega bo‘ldi. Abduqodir Husanov «Manchester Siti» qaydnomasiga kiritildi, ammo maydonga tushirilmadi.

Foto: Getty Images

Angliya kubogi, final
«Kristal Pelas» – «Manchester Siti» 1:0
Gol: 
Eze 17
Aniq ijro etilmagan penalti: Marmush 36
«Kristal Pelas»: Henderson, Munioz, Richards, Lakrua, Gehi (Lerma 61), Mitchell, Varton (Hyus 87), Kamada, Sarr, Eze, Mateta (Nketiya 78).
«Manchester Siti»: Moreno, Akanji, Diash, Gvardiol, O'Rayli, Bernardu (Gundo‘g‘an 88), De Bryuyne, Savinio (Foden 76), Marmush (Echeverri 76), Doku, Holand.
Ogohlantirishlar: Henderson 90+1 – O'Rayli 66, Bernardu 75, Diash 82, De Bryuyne 85, Echeverri 90+4.

Angliya Kubogi finalida Londonning «Kristal Pelas» klubi «Manchester Siti»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. O‘yin 17 may kuni «Uembli» stadionida bo‘lib o‘tdi.

Yagona gol Eberechi Eze tomonidan 16-daqiqada urildi. 36-daqiqada «Manchester Siti» hujumchisi Omar Marmush penaltini aniq amalga oshira olmadi – misrlik hujumchining zarbasini darvozabon Din Henderson qaytardi.

Umuman olganda, Henderson butun o‘yin davomida yaxshi harakat qilib, g‘alabaga katta hissa qo‘shdi.

O‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov «Manchester Siti» qaydnomasiga kiritildi, ammo maydonga tushirilmadi. Lekin o‘yindan keyin barcha jamoadoshlari qatori kumush medal bilan taqdirlandi, buning katta futboldagi ilk medalidir.

«Kristal Pelas» o‘zining 119 yillik tarixidagi birinchi yirik sovrinni qo‘lga kiritdi. Klub o‘z tarixida uchinchi marta Angliya Kubogi finalida o‘ynadi. 1990 va 2016 yillarda jamoa hal qiluvchi bahslarda «Manchester Yunayted»ga mag‘lub bo‘lgan.

Mavzuga oid