O‘zbekiston | 08:34
2948
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 96 marotaba qoidabuzarlik sodir etgan haydovchi aniqlandi

Hozirda mashina vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Foto: Videodan kadr

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida 96 marotaba qoidabuzarlik qilgan haydovchi aniqlandi

YHXX ma’lum qilishicha, Mirzo Ulug‘bek tumanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari Chery avtomashinasini to‘xtatib tekshirgan. Shunda haydovchining 2024 yil 28 maydan bugungi kunga qadar 96 marotaba qoidabuzarlik sodir etgani aniqlangan. 

Transport vositasining qarzdorlik summasi 28 mln so‘mni ko‘rsatgan. Hozirda mashina vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Mavzuga oid