Jamiyat | 20:09 / 25.05.2025
2299
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi

Uchtepa tumanida joylashgan xonadonlarning birida yong‘in yuz berdi. Hozirda uning kelib chiqish sababi aniqlanmoqda.

Foto: FVB

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Uchtepa tumanida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 25 may kuni soat 18:10 da Uchtepa tumani «Vatan» MFY, 26-dahada joylashgan ko‘p qavatli uylarning biridagi xonadonda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga yetib borgan va yong‘inni o‘chirgan.

Hodisa oqibatida xonadonning 20 metr kvadrat maydonda uy jihozlari yonib zararlangan.

«Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, may boshlarida Chilonzor 31-dahasida joylashgan ko‘p qavatli uydagi xonadonlarning birida yong‘in kuzatilgan edi.

Mavzuga oid