Uzbekistan Airways Tel-Avivga parvozlarni to‘xtatdi
Bunga Isroil havo hududidan foydalanish bo‘yicha joriy etilgan cheklovlar sabab bo‘ldi.

Foto: Kun.uz
Isroilning Tel-Aviv shahri xalqaro aeroportida havo hududidan foydalanish bo‘yicha joriy etilgan cheklovlar sababli, Uzbekistan Airways 2025 yil 16 iyundan 30 iyungacha Toshkent–Tel-Aviv–Toshkent yo‘nalishidagi reyslarni vaqtincha to‘xtatdi.
Ta’kidlanishicha, bekor qilingan reyslar yo‘lovchilari aviabilet uchun to‘lovlarni qaytarib olish yoki boshqa sanalarga bepul qayta band qilish uchun murojaat etishi mumkin.
Avvalroq, Isroil Davlati bilan aviaqatnovlar vaqtincha to‘xtatilgani haqida O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi xabar bergan edi.
Mavzuga oid

21:42
Eronning ajalvor hujumi va Tehronda navbatdagi portlashlar. Urushning uchinchi kunidagi asosiy voqealar

14:13
Isroil Eron mudofaa vazirligi binosiga va Tehrondagi asosiy neft omboriga hujum qildi

13:22
Tel-Aviv yaqinida turar joy binosi vayron bo‘ldi

10:46