Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda temiryo‘ldagi sisternaga chiqqan erkakni tok urdi
Andijon viloyatidagi Poytug‘ temiryo‘l bekatida bo‘sh turgan sisternaga chiqib olgan erkakni tok urdi. Uning tanasi yona boshlagan, shunda u o‘zini vagondan pastga tashlab, tirik qolgan. Fuqaro shifoxonaga yotqizildi.

Foto: Videodan kadr
Andijon viloyatidagi Poytug‘ bekatida 10 iyun kuni temiryo‘ldagi sisternaga chiqqan erkakni tok urdi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, begona fuqarolardan biri stansiya hududiga kirib, ikkinchi yo‘lda bo‘sh turgan sisternaga chiqib olgan. U kontakt tarmog‘idagi kuchlanish ta’siriga tushib, yerga yiqilgan.
Stansiya navbatchi xodimi tez tibbiy yordam brigadasini chaqirgan. Jabrlanuvchiga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilib, tibbiyot muassasasiga olib borilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda ushbu shaxs vagon yuqorisida tanasi yonishni boshlagan holda yopishib qolgani, so‘ng o‘zini pastga tashlagani ko‘rinadi.
O‘zbekiston temiryo‘llari fuqarolardan temiryo‘l va infratuzilma yaqinida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish kerakligini eslatib o‘tdi. «Temiryo‘l infratuzilmasi obektlariga o‘zboshimchalik bilan kirish hayot va sog‘liq uchun jiddiy xavf tug‘diradi», – deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

14:28 / 31.07.2025
Toshkentdan Samarqand va Andijonga pulli yo‘llar qurilishi 2026 yilda boshlanishi mumkin

21:49 / 29.07.2025
Asaka tumani «to‘rtligi» davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

21:41 / 28.07.2025
Andijonda 40 million dollarlik innovatsion klinika barpo etilishi mumkin

23:09 / 26.07.2025