O‘zbekiston | 12:36
2913
2 daqiqa o‘qiladi

To‘rtta viloyatda sel xavfi e’lon qilindi

Respublikaning to‘rtta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.

Foto: Kun.uz

Bunga 20–22 iyun kunlari kutilayotgan yomg‘ir yog‘ishi sabab bo‘ladi. Shu bois, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida, jumladan

Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raldi.

Respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Mavzuga oid