O‘zbekiston | 10:21
1801
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini sotayotganlar ushlandi

Samarqand viloyatida 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi. 

Foto: Videodan kadr

Urgut tumanida yashovchi shaxs o‘zining tanishlariga 1 gramm giyohvandlik vositasini 130 ming so‘mga sotib kelayotgani haqida ma’lumot olingan

18 iyun kuni Samarqand shahar Galaosiyo mahallasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Urgutda yashovchi shaxs o‘zining tanishi, Urgutda yashovchi boshqa bir shaxs bilan birga tadbirda shartli xaridor sifatida qatnashgan fuqaroga 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotganda ushlandi. 

Holat yuzasidan 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ikkala fuqaroga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Mavzuga oid