O‘zbekiston | 14:11 / 22.06.2025
964
2 daqiqa o‘qiladi

Misrdan Toshkentga gepatitga qarshi dorining navbatdagi partiyasi olib kelindi

Misr hukumati yordamining joriy yildagi to‘rtinchi partiyasi 7680 dona «Sofosbuvir-400mg» dori vositalarini o‘z ichiga olgan.

Foto: Dunyo

Misr hukumati tomonidan O‘zbekistonga insonparvarlik yordami sifatida ajratilgan «Sofosbuvir-400mg» dori vositasining joriy yildagi to‘rtinchi partiyasi Toshkentga yetkazildi.

Qayd etilishicha, mazkur partiya Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tomonidan Sharm-al-Shayxdan Toshkentga olib kelingan.

Misr hukumati yordamining joriy yildagi to‘rtinchi partiyasi umumiy 32 dona qutidan iborat bo‘lib, ular 7680 dona «Sofosbuvir-400mg» dori vositalarini o‘z ichiga oladi.

O‘zbekistonda gepatit S ni 2030 yilga qadar bartaraf etish bo‘yicha milliy dastur ijrosi doirasida dori vositalari Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi.

O‘zbekiston elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, Misr hukumati tomonidan 2023-2024 yillar davomida ushbu virusga qarshi vazni 12,4 tonna bo‘lgan «Daklatasvir» va «Sofosbuvir» dori vositalarining 27 ta partiyasi mamlakatga yetkazib berilgan. Mazkur dori vositalarining umumiy qiymati 1,4 million AQSh dollariga teng.

Mavzuga oid