Surxondaryo viloyati FVBga yangi boshliq tayinlandi
Sharof Shukurov Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ish boshladi.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi
Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan Sharof Shukurov Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Sharof Shukurov 1979 yilda Jizzax shahrida tug‘ilgan. 2000 yilda Ichki ishlar vazirligi Yong‘indan saqlash oliy texnik maktabining bakalavr darajasini, 2005 yilda shu oliy maktabning magistr darajasini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – hayotiy faoliyat xavfsizligi, tezkor xizmat faoliyatini tashkillashtirish.
Mehnat faoliyati davomida Jizzax va Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmalarida turli lavozimlarda mehnat qilgan.
Tayinlovga qadar 2022 yildan buyon Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari – Shtab boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning aprelida beri polkovnik Ilhom Ismoilzoda Surxondaryo viloyati FVB rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Mavzuga oid

17:57 / 21.06.2025
O‘rta Chirchiqda hojatxonaga tushib ketgan bolani qutqargan yigit taqdirlandi

21:16 / 11.06.2025
Boysunda vodorod sulfidi gazi miqdori me’yordan oshmagan – Ekovazirlik

18:07 / 10.06.2025
Termizda Damas 17 yoshli skuter haydovchisini urib yubordi. Jabrlanuvchi vafot etdi

18:45 / 09.06.2025