Banklarni sanatsiya qilish va tugatish tartibi belgilandi
“Banklarni sanatsiya qilish va tugatish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.
Qonun banklar, banklar guruhlari va bank aksiyalarining nazorat paketiga egalik qiluvchi xolding kompaniyalariga nisbatan tatbiq etiladi.
Markaziy bank banklarni sanatsiya qilish va tugatish sohasidagi vakolatli davlat organidir.
Quyida sanab o‘tilgan barcha asoslarning mavjudligi bankni sanatsiya qilishni boshlash uchun asos deb hisoblanadi:
🔹 bankning to‘lovga qobiliyatsizligi yoki to‘lovga qobiliyatsizlikning yuzaga kelish ehtimoli yuqoriligi;
🔹 banklar tomonidan ko‘rilgan choralar, shuningdek Markaziy bank tomonidan qo‘llangan nazorat choralari to‘lovga qobiliyatsizlikni bartaraf etishga qodir bo‘lmaganligi yoxud 6 oy ichida buning ehtimoli mavjud emasligi;
🔹 bankning tizimli ahamiyatga molik ekanligi yoki tizimli ahamiyatga molik bo‘lmagan bankni majburiy tugatish orqali belgilangan maqsadlarga erishib bo‘lmasligi sababli sanatsiya qilish zarurligi.
Markaziy bank sanatsiya qilinayotgan bankning maxsus boshqaruvchisini tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli.
Sanatsiya qilish vositalari quyidagilardan iborat:
🔸 aktivlar va majburiyatlarni o‘tkazish (sotish);
🔸 oraliq bankni tashkil etish;
🔸 hisobdan chiqarish va (yoki) konvertatsiya qilish.
Mavzuga oid

12:40
Bankni tugatishga oid qoidalar belgilandi

11:42
O‘zbekistonda sanatsiya qilish jamg‘armasi tashkil etiladi

09:17 / 20.06.2025
Markaziy bank 13 ta bankka jarima sanksiyasi qo‘lladi

17:14 / 14.06.2025