O‘zbekiston | 11:16 / 02.07.2025
2399
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjonga jo‘nab ketdi

Boku shahrida Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi majlisi va boshqa oliy darajadagi tadbirlar bo‘lib o‘tadi. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 2 iyul kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Boku shahrida Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi majlisi va boshqa oliy darajadagi tadbirlar bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston bilan Ozarboyjon o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqiladi.

Mamlakat yetakchisi Xonkendi shahrida o‘tkaziladigan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida ham ishtirok etadi.

Mavzuga oid