Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa sudi Rossiyani MH17 samolyoti halokatida aybdor deb topdi
Malaysia Airlines aviakompaniyasi samolyotining urib tushirilishi oqibatida 298 kishi halok bo‘lgan edi.

Foto: AP
Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi 2014 yilda Ukrainaning Donbass hududi osmonida Malaysia Airlines aviakompaniyasi samolyotini Rossiya urib tushirgan, degan qarorga keldi. Aviahalokat oqibatida 298 kishi qurbon bo‘lgan edi.
AP agentligining xabar berishicha, xalqaro sud birinchi marta MH17 reysi halokati uchun Rossiyani javobgar deb topmoqda.
Sudning alohida qarorida Rossiya Ukrainadagi urush paytida xalqaro huquqni buzgani aytilgan. Xalqaro sud birinchi marta Moskvani 2022 yilda Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi chog‘ida inson huquqlarining buzilishida aybdor deb topdi.
Sud bu qarorni Ukraina va Niderlandiya tomonidan Rossiyaga qarshi qo‘zg‘atilgan ishlarni ko‘rib chiqish chog‘ida chiqardi. AP har qanday qaror asosan ramziy ma’noga ega bo‘lishini ta’kidladi - Rossiya 2022 yildan beri har qanday xalqaro sud qarorlarini bajarmayapti.
«Rossiya Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi qarorlarini haqiqiy emas deb hisoblaydi va ularni amalga oshirishni rejalashtirmaydi», dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Malaysia Airlines aviakompaniyasining Amsterdamdan Kuala-Lumpurga uchayotgan Boeing samolyoti 2014 yil 17 iyul kuni Ukraina sharqida, separatistlar nazorati ostidagi hududda Rossiyada ishlab chiqarilgan Buk raketasi bilan urib tushirilgan edi. Barcha 298 nafar yo‘lovchi va ekipaj a’zolari halok bo‘ldi. Rossiya samolyot halokatiga aloqador ekanini rad qilib kelmoqda.
Niderlandiya sudi 2022 yil noyabrida o‘zini o‘zi e’lon qilgan DXR sobiq mudofaa vaziri Igor Strelkov va yana ikki kishini samolyotni qasddan yo‘q qilish va qasddan odam o‘ldirishda ayblab, sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Ish bo‘yicha yana bir ayblanuvchi oqlandi.
Mavzuga oid

23:17 / 09.07.2025
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”

16:48 / 09.07.2025
Rossiya yil oxirigacha Hindistondan 1 million mehnat migrantini qabul qilishi mumkin

15:26 / 09.07.2025
Rossiya O‘zbekistonda rus tilini targ‘ib qilish bo‘yicha tadqiqot olib boradi

15:24 / 09.07.2025