Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoylik olimlar razvedka va qutqaruv operatsiyalari uchun kiber-ari yaratdi
Undan harbiy razvedka, aksilterror operatsiyalari va tabiiy ofatlardan keyin odamlarni qidirishda foydalanish mumkin.

Foto: The Telegraph
Pekinlik olimlar ari miyasiga o‘rnatilgan elektron qurilma yordamida hasharotni boshqarishni o‘rgandi. Ishlanmadan harbiy razvedka, aksilterror operatsiyalari va tabiiy ofatlardan keyin odamlarni qidirishda foydalanish rejalashtirilgan.
Chinese Journal of Mechanical Engineering nashrining xabar berishicha, Pekin texnologiya instituti professori Chjao Tszelian boshchiligidagi jamoa dunyodagi eng yengil miya boshqaruvchisini yaratdi – atigi 74 milligramm, «bir chimdim tuzdan ham yengil». U ishchi ari orqasiga biriktiriladi va miyasiga uchta igna bilan bog‘lanadi. Ular orqali elektr impulslari uzatiladi, ular miyaning vizual qismini faollashtiradi va parvoz yo‘nalishini belgilaydi.
Chjao so‘zlariga ko‘ra, 90 foiz holatda arilar berilgan trayektoriya bo‘yicha harakat qilgan. Qurilma kamera, mikrofon va ma’lumot to‘plash va uzatish uchun sensorlar bilan to‘ldirilishi mumkin. Kichik o‘lchami tufayli asalarilar tor yoriqlarga kiradi va sezilmaydi.
Tadqiqot mualliflarining ta’kidlashicha, sintetik analoglar bilan taqqoslaganda, kiber-hasharotlar maxfiylik va uzoqroq ishlash muddatini namoyish etadi. Bu ularni «shahar janglarida, terrorizm va giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashda, shuningdek, tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etishda» bebaho qiladi.
Xitoylik olimlar avval ham xuddi shunday texnologiyalarni infraqizil va Bluetooth signallari yordamida qo‘ng‘izlarda sinab ko‘rgan. Bunday «ryukzak»lardan birining og‘irligi bor-yo‘g‘i 23 milligramm edi. Xuddi shunday tajribalar boshqa mamlakatlarda ham o‘tkazilmoqda: Singapurda suvaraklarga qurilma o‘rnatildi (ular Myanmadagi zilziladan keyin qo‘llanilgan), AQSh va Yaponiya esa kiber-hasharotlarning o‘z versiyalarini ishlab chiqmoqda.
Muvaffaqiyatga qaramay, tadqiqotchilar hali ham texnik muammolarga duch kelmoqda: masalan, batareya quvvati juda tez tugaydi, ko‘proq sig‘imli batareyalar esa og‘irroq bo‘ladi. Bundan tashqari, universal boshqaruvchi hali mavjud emas - har xil turdagi hasharotlar tananing turli qismlaridagi ta’sirlarga turlicha reaksiya bildiradi.
Mavzuga oid

21:44 / 11.07.2025
Xitoyda robot it 100 metr masofani 13 soniyada yugurib o‘tdi

14:24 / 11.07.2025
Xitoy va O‘zbekiston konteyner tashuvlari bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi

22:15 / 10.07.2025
Xitoyda Shinjon-Uyg‘ur avtonomiyasi amaldori o‘limga hukm qilindi

18:19 / 10.07.2025