Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Plastik karta orqali pora olgan bojxona inspektori ushlandi
Namangan viloyati bojxona boshqarmasi “Uchqo‘rg‘on” chegara bojxona postining bojxona nazorati va rasmiylashtiruv guruhi inspektori ushlandi.

Foto: Kun.uz
DXX xabariga ko‘ra, Davlatobod tumanida yashovchi shaxsning xorijdan olib kelingan 57 dona Iphone 16 PRO MAX telefon qurilmalarini Toshkent xalqaro aeroportida ishlovchi bojxona xodimi orqali IMEI-kodi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazib berish evaziga har bir uyali aloqa vositasi uchun 100 AQSh dollaridan, jami 5700 AQSh dollari hamda muqaddam fuqaro tomonidan chet eldan deklaratsiyada ko‘rsatmagan holda kiyim-kechaklarni olib kelgani yuzasidan chora ko‘rmagani evaziga 400 AQSh dollari talab qiladi.
Inspektor joriy yilning 11 va 14 iyul kunlari so‘ralgan pul mablag‘idan 900 AQSh dollari hisobida 11 mln 317 ming so‘mni o‘zi va qarindoshiga tegishli bank plastik kartalariga o‘tkazdirib oladi.
Ammo, 16 iyul kuni u 1000 AQSh dollari hisobida 12 mln 550 ming so‘mni qarindoshining bank plastik kartasiga o‘tkazdirib olgan vaqtida DXX, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda Bojxona qo‘mitasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Holat yuzasidan bojxona inspektoriga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

20:16
O‘zbekiston Janubiy Koreya bojxonachilariga 6 bosh xizmat itini yetkazdi

13:03 / 16.07.2025
Tibbiyot birlashmasiga ishga joylashtirishni va’da qilgan tibbiyot xodimi ushlandi

07:28 / 16.07.2025
Mirobod tumani ichki ishlar boshqarmasi bo‘linma boshlig‘i ushlandi

19:31 / 15.07.2025