Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Krokus Siti Holl» terakti bo‘yicha sud jarayoni boshlandi
Sud yopiq tarzda o‘tkaziladi. Sudlanuvchilar kursisida 19 nafar sudlanuvchi, ularning aksariyati Tojikiston fuqarolari.

Foto: AP
Moskvaning Ikkinchi G‘arbiy okrug harbiy sudi 21 iyul kuni «Krokus Siti Holl» konsert zalida sodir etilgan terakt bo‘yicha jinoiy ish yuzasidan dastlabki yopiq eshituvlarni boshladi. Bu haqda sud matbuot xizmatiga tayanib, TASS xabar berdi.
Qayd etilishicha, sudda ishtirokchilarning xavfsizligini ta’minlash uchun mislsiz qattiq choralar ko‘rilgan.
«Krokus» terakti ishi uch hakamdan iborat hay’at tomonidan ko‘rib chiqiladi. Ish materiallari 470 jilddan ortiq bo‘lib, dastlabki tergov davomida to‘plangan ashyoviy dalillar bazasi, shuningdek, ayblanuvchilarga nisbatan 200 dan ortiq turli xil ekspertiza natijalarini o‘z ichiga oladi.
Sudlanuvchilar kursisida 19 nafar sudlanuvchi: Fariduni Shamsiddin, Dalerjon Mirzoyev, Muhammadsobir Fayzov, Saidakrom Rajabalizoda, Umedjon Soliyev, Mustaqim Soliyev, Shahromjon Gadoyev, Zubaydullo Ismoilov, Husayn Hamidov, Muhammadzoir Sharifzoda, Yoqubjon Yusufzoda, Lutfulloi Nazrimad, Jumaxon Qurbonov, Husayn Medov, Jabroil Aushev, Alisher Qosimov, Isroil, Dilovar va Aminjon Islomovlar bor. Ularning aksariyati Tojikiston fuqarolari.
Teraktning ikki tashkilotchisi va yana to‘rt nafar ishtirokchisiga nisbatan tergov davom etmoqda.
2024 yil 22 mart kuni Rossiya Tergov qo‘mitasi «Krokus Siti Holl» konsert zalida sodir etilgan terakt bo‘yicha tergovni yakunladi. Ish materiallari keyinchalik sudga topshirish uchun prokuraturaga yuborilgan edi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, hujum puxta tayyorlangan va Rossiyadagi vaziyatni beqarorlashtirish maqsadida «Ukraina rahbariyati manfaatlarini ko‘zlab» amalga oshirilgan. Hujum va yong‘in oqibatida 149 kishi halok bo‘ldi, bir kishi bedarak yo‘qoldi, 609 kishi jarohatlandi.
Tergov, shuningdek, gumonlanuvchilar guruhi yana bir hujum - Kaspiyskdagi (Dog‘iston) ko‘ngilochar majmuani portlatishni rejalashtirgani, biroq bu jinoyatning oldi olinganini aniqladi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, «Krokus» hujumiga tayyorgarlik bir necha oy davom etgan. Ijrochilardan ba’zilari Rossiyaga xorijda maxsus tayyorgarlikdan o‘tgandan so‘ng kelgan, biroq ular qaysi mamlakatlarda tayyorlangani ma’lum qilinmadi.
Mavzuga oid

00:39
Zelenskiy Rossiya bilan yangi muzokaralar sanasini aytdi

23:12 / 21.07.2025
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?

20:51 / 21.07.2025
O‘zbekistonning bir qancha fuqarosi telefonida taqiqlangan kanallarga obuna bo‘lgani uchun Rossiyaga kiritilmadi

14:40 / 21.07.2025