Jahon | 07:52
1053
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropa davlatlari Eron bilan muzokaralar olib borishga kelishib oldi

Eron Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya bilan yadro dasturi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish yuzasidan prinsipial kelishuvga erishdi. Tasnim agentligining xabar berishicha, muzokaralar shu haftada bo‘lib o‘tishi mumkin.

Foto: AP / Vahid Salemi

Eron, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya shu haftadayoq Tehron yadroviy dasturi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishi mumkin, deb xabar berdi Eronning Tasnim agentligi. Avvalroq Yevropaning uch davlati muzokaralar davom ettirilmasa, bu Eronga qarshi xalqaro sanksiyalar qayta qo‘llanishiga olib kelishi haqida ogohlantirgan edi.

«Muzokaralar o‘tkazish bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishildi, biroq ularni o‘tkazish vaqti va joyi bo‘yicha maslahatlashuvlar davom etmoqda. Muzokaralar kelasi haftada bo‘lib o‘tishi mumkin bo‘lgan davlat hali aniqlanmagan», — deya xabar beradi Tasnim agentligi manbaga tayanib.

Ehtimoliy muzokaralar haqidagi ma’lumotlar E3 deb ataluvchi davlatlar tashqi ishlar vazirlari hamda Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chi bilan bir oy avval Isroil va AQSh Eron yadroviy obektlariga zarba berganidan keyin birinchi telefon suhbatini o‘tkazganidan bir necha kun o‘tib paydo bo‘ldi.

Yevropaning uch davlati Xitoy va Rossiya bilan birga Eron bilan 2015 yilgi yadroviy kelishuvning a’zosi bo‘lib qolmoqda. Qo‘shma Shtatlar undan 2018 yilda chiqdi. Kelishuv Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha cheklovlar evaziga unga nisbatan sanksiyalarni bekor qilishni nazarda tutgan edi.

Mavzuga oid